O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi yangi tashkil etilgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya boshlig‘i
Prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasidagi kadr Adliya katta maslahatchisi (Polkovnik)
O‘zbekiston Karlar sport federatsiyasi prezidenti
Toshkent shahrida tavallud topgan. 2005-yil oʻrta taʼlim maktabini tamomlagan. 2009-yil Namangan davlat universitetida huquqshunos mutaxassisligi boʻyicha tahsil olgan. 2024-yil Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura boʻlimining “Davlat boshqaruvi huquqi” mutaxassisligini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Mehnat faoliyatini prokuratura organlarida, Xususan, Namangan viloyati prokuraturasi hamda Bosh prokuraturada olib borib, ushbu sohada iqtisodiy qonunchilik ijrosi ustidan nazorat qilish yoʻnalishida faol mehnat qilgan. Keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida faoliyatini davom ettirib, muhim huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlarida faol ishtirok etgan.