bu yerda logo bor
Bu yerda rasm bor
Bu yerda inspeksiyaning logosi bor

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi yangi tashkil etilgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya boshlig‘i

Bu yerda prokuraturaning logosi bor

Prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasidagi kadr Adliya katta maslahatchisi (Polkovnik)

Bu yerda sport federatsiyasining logosi bor

O‘zbekiston Karlar sport federatsiyasi prezidenti

RASMLAR

11–16-iyun kunlari O‘zbekiston Karlar sport federatsiyasi vakillari Janubiy Koreyada bo‘lib, Koreya Karlar sport federatsiyasi faoliyati va 12 ta rivojlangan sport turi bilan tanishdi. Uchrashuvlarda xalqaro musobaqalar va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

27.02.2025/ Toshkent Urban Forumi 2025: Qulay shahar muhiti - iqtisodiy barqarorlik poydevori. Ijtimoiy inspeksiya, O‘zbekiston yosh me’morlar uyushmasi, Tadqiqotlar institutlari, yirik raqamli banklari ishtirokida Toshkent Urban Forumi 2025 bo'lib o'tdi. Tadbir davomida, Ijtimoiy inspeksiya boshlig'i X.Kutpiddinov nogironligi bo'lgan shaxslarga qulay va to'siqsiz muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirdi. Jumladan, Inspeksiya tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar, ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar, moslashtirilgan obyektlarni "Yandex" platformasiga integratsiyasi kabi ishlar haqida ma’lumot berildi. Ijtimoiy, qurilish va raqamli texnologiyalar sohasidagi davlat organlari, xususiy sektor va mutaxassislarni ochiq muloqotda birlashtirgan forum qizg‘in munozaralar va konstruktiv takliflarga boy bo'ldi.

11.02.2025 / Karlar sport federatsiyasining yangi boshqaruv a’zolari tanishtirildi. Ijtimoiy inspeksiya binosida o‘tkazilgan navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida kun tartibidan bir qator muhim masalalar o‘rin oldi. Xususan, Bosh kotib M.Axliddinov, Raisning birinchi o‘rinbosari J.Shamsutdinov, Rais o‘rinbosari E.Ligay, huquqshunos Y.Xasanov, buxgalter J.Saidahmedov hamda bosh mutaxassislar R.Berdiyev va V.Nazarenkolar yangi boshqaruv a’zolari sifatida tanishtirildi. Shu bilan birga, federatsiyaning kelgusidagi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida yangi Prezidium a’zolari saylandi. Shuningdek, federatsiyaning rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi.

21.01.2025 / Ijtimoiy inspeksiya boshlig‘i Xusniddin Kutpiddinov Karlar sport federatsiyasining raisi etib saylandi

05.12.2024 / Taekvondo WTF: X-Osiyo va tinch okeani o‘yinlarida hamyurtlarimiz umum jamoada 2-o‘rinni egalladi.

29.11.2024 / Taekvondo WTF sport kurashi turi bo'yicha Karlar sport federatsiya delegatsiyasi X-Osiyo va tinch okeani o‘yinlariga jo'nab ketmoqda

12.10.2024 / 2024-yilning 10-12-oktabr kunlari Ijtimoiy inspeksiya binosida kar va zaif eshituvchilar orasida shaxmat bo‘yicha O‘zbekistonning birinchi Grossmeysteri (ICCD) Alisher Anarkulov xotirasiga bag‘ishlangan “Tashkent Open” ikkinchi Xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

02.12.2024 / Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun davlat xizmatlari koʻrsatishda qulay muhitni yaratish boʻyicha milliy standartlar loyihasi muhokama qilindi.

02.12.2024 / O‘zbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi tashkil etilgani e’lon qilindi.

XUSNIDDIN MUXIDDINOVICH KUTPIDDINOV